Sevilla fathi
Sevilla fathi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Vestgotlar qirolligi | Umaviylar xalifaligi |
Sevilla fathi – Muso ibn Nusayr boshchiligidagi Umaviylar qoʻshinlari tomonidan shaharning muvaffaqiyatli bosib olinishi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]V asr boshlarida german qabilalari Ispaniyaga kirib kelganidan soʻng, mamlakat vandallar tomonidan egallab olingan va ular Sevillani oʻz poytaxt shahriga aylantirgan. Ammo vandallar Shimoliy Afrikaga koʻchib oʻtganidan keyin hokimiyat Vestgotlar qoʻlga oʻtdi va ular poytaxtni Toledoga koʻchirdi. Shundan soʻng Sevilla oʻzining siyosiy va harbiy ahamiyatini yoʻqotdi, biroq yirik va boy shahar sifatida oʻz mavqeini saqlab qoldi, chunki hududda muhtasham yodgorliklar va binolar mavjud edi. Shuningdek, shahar Ispaniyaning diniy markazlaridan biri boʻlib qolgan. Sevilla Gvadalkivir daryosining chap sohilida joylashgan boʻlib, mustahkam hudud edi. Shahar faqat sharqiy tomondan hujumga uchrashi mumkin boʻlib, gʻarbiy tomonida daryo joylashgan va shu orqali himoyalangan edi[1][2].
Fath
[tahrir | manbasini tahrirlash]Carmona zabt etilgandan soʻng, Muso ibn Nusayr oʻz qoʻshini bilan Sevillaga yoʻl oldi va 712-yilning avgust oyida shaharga yetib kelib, uni qamal qildi. Qamalning qancha davom etgani aniq emas, ayrim tarixchilar uning bir necha oy davom etganini taʼkidlaydi, biroq voqealar ketma-ketligidan kelib chiqib, qamal bir yoki ikki oy davom etgan boʻlishi ehtimolga yaqin. Bizgacha yetib kelgan qamal tafsilotlari toʻliq emas, biroq Muso shaharni kuch bilan egallashga muvaffaq boʻlgan va natijada vestgotlar garnizoni Bejaga qochib ketgan. Shahar aholisining qolgan qismi musulmonlar hokimiyatini tan olgan. Shahar zabt etilganidan soʻng Muso ibn Nusayr tezda shahar ustidan oʻz nazoratini oʻrnatishga kirishgan, shahar boshqaruviga yahudiylarni tayinlagan va hududda tartibni saqlash uchun 100 kishilik qoʻshin qoldirgan[3][4][5].
Muso ibn Nusayr ushbu gʻalabasidan keyin Merida shahrini qoʻlga olish uchun yurish qilgan[6][7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Agha Ibrahim Akram (2004), The Muslim Conquest of Spain.[1]
- David James (2012), A History of Early Al-Andalus, The Akhbar Majmu’a.[2]
- Abdulwahid Dhanun Taha (2016), Routledge Library Editions: Muslim Spain.[3]